Dibala: "Ronaldu - professional sportchi va yoqimli inson"

"Roma" yarimhimoyachisi Paulo Dibala Krishtianu Ronalduga ta'rif berdi.
Argentinalik va portugaliyalik "Yuventus"da birga o'ynagan.
"U o'ziga qarash va kun tartibida juda professional edi, hech narsadan chetga chiqmasdi. U belgilangan vaqtda, ertalab soat 8 yoki 9 da kelardi va u ketguniga qadar siz uning sport zaliga, massajga yoki fizioterapevt bilan mashg'ulotlarga, sovuq dushga, saunaga borishini, ovqatlanishini ko'rishingiz mumkin edi... U hech qachon hech narsani o'tkazib yubormasdi. Hech narsa, hech narsa. Hatto mashg'ulotlarda ham u nima bo'lishidan qat'i nazar, yutqazishni yomon ko'rishi ko'rinib turardi.
U odamlar bilan muloqot qilardi, agar jamoaviy kechki ovqat bo'lsa, u kelardi, biz istalgan narsa haqida gaplashishimiz mumkin edi, u mate ichardi", - dedi Dibala intervyuda.