«Roma» hujumchisi Paulo Dibala ilk bor jamoa safida penaltini amalga oshira olmadi.

82-daqiqada argentinalik forvardning zarbasini «Milan» darvozaboni Mayk Menyan qaytardi.

Natijada rimliklar A Seriya bahsida 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi, Dibala esa penalti paytida jarohat olib, 84-daqiqada maydonni tark etdi.

Shu vaqtgacha u «Roma» safida barcha musobaqalardagi so'nggi 18ta penaltini aniq amalga oshirgan edi. Oxirgi marta Dibala 2021 yil 30 noyabrda «Yuventus» safida «Salernitana»ga qarshi o'yinda (2:0) penaltini urolmagan edi.