Dibala mashg'ulotlarni erta tark etgan

Hujumchi Paulo Dibala sog'lig'i bilan bog'liq muammolar bilan kurashishda davom etmoqda.
TuttoMercatoWeb xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi payshanba kuni tizza og'rig'i sababli mashg'ulotlarni erta tark etdi.
Manbaning ta'kidlashicha, Dibala 8 mart kuni Italiya ligasida "Jenoa"ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi. Bu Pauloning "Roma"dagi 41-o'yini bo'ladi.