Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, Paulo Dibala "Roma" bilan shartnomasini uzaytiradi.

32 yoshli yarim himoyachi yaqin kelajakda (bugun kutilmoqda) shartnomani uzaytirish imkoniyatisiz bir yillik yangi shartnoma imzolaydi. Uning maoshi taxminan uch million evro, shuningdek, bonuslarni tashkil etadi.

O'tgan mavsumda argentinalik futbolchi A Seriyada 22 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan va oltita golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: Stadion.uz