Di Mariya o'zini murabbiylikda sinab ko'radi

"Rosario Central" futbolchisi Anxel Di Mariya yaqinda murabbiylik faoliyatini boshlash niyatida ekanligini tan oldi.
"Men Leandro Paredes bilan murabbiylar shtabini shakllantirish ustida ishlayapman. Litsenziyamni olish uchun murabbiylik kursida o'qiyapman.
Jamoalarimiz 4-3-3 sxemasida o'ynaydi. Leandro bilan men bu haqda allaqachon gaplashdik.
Nafaqaga chiqqanimizdan so'ng, biz "Rosario Central" va "Boka Xuniors"ga murabbiylik qilishni xohlaymiz", - dedi Di Mariya.