Di Mariya: «Messi yana ko'plab yillar o'ynashi mumkin»

Argentina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Anxel Di Mariya Lionel Messi milliy jamoadagi faoliyatini davom ettirishi mumkin deb hisoblaydi.
Avvalroq argentinaliklar havbeki Leandro Paredes 39 yoshli hujumchi JCh-2026 finalida Ispaniyaga mag'lub bo'lingach (0:1), jamoani tark etishga qaror qilganini aytgan edi.
«U qancha xohlasa, shuncha o'ynashni davom ettirishi kerak. O'ylashimcha, u yana ko'plab yillar o'ynashi mumkin. 39 yoshida u hali ham tarixdagi eng yaxshilardan biri ekanini ko'rsatdi, u uchun hech qanday chegara, hech qanday cho'qqi yo'q», — dedi Di Mariya.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar