Di Mariya Mbappe haqida fikr bildirdi

Anxel di Mariya "PSJ"da birga to'p tepgan Kilian Mbappe haqida gapirdi.
"Kilian bir necha yildan buyon dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatorida bormoqda. Shaxsiy mukofotlarga jamoaviy sovrinlar ta'sir qiladi, lekin u har kuni buyuk o'yinchilarga xos ekanligini isbotlaydi. Bugun u haqiqatan ham eng yaxshisi. U o'z o'yin uslubini topgach, o'yin taqdirini hal qila oladigan futbolchiga aylandi," - deydi di Mariya AS nashriga bergan intervyusida.
2025/2026 yilgi mavsumda Kilian Mbappe "Real" safida 28 ta o'yin o'tkazib, 34 ta gol va 5 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
"Real" chorshanba kuni Chempionlar ligasida "Benfika" mehmoni bo'ladi.