"Napoli" sardori Jovanni Di Lorentso Italiya jamoasining Chempionlar ligasi 3-turida "PSV" Eyndxovendan mag'lubiyatga uchragani sabablarini muhokama qildi.

"Bu dahshatli kecha bo'ldi.

Aslida o'tkazib yubormasligimiz kerak bo'lgan gollardan jabr chekdik. Raqiblarimiz bizga har qanday daqiqada zarar etkazishi mumkindek tuyuldi", – dedi futbolchi.