Di Kanio Skudetto uchun da'vogarni aytdi

Paolo Di Kanio "Napoli"ni A Seriya chempioni sifatida ko'radi.
"Har bir jamoa muhim transferlarni amalga oshirdi, ammo asosiy tarkibga mos o'yinchilarni topadiganlar kam.
Ular orasida “Napoli” ham bor, men uni favorit deb bilaman. Chunki g'alaba qozonganingizda texnik xodimlar, klub va murabbiy bir maromda ishlasa, doim o'yinni ustunlik bilan boshlaysiz. "Napoli" bu davomiylikni topdi. Ular Skudetto uchun da'vogarlardan biri", - dedi "Napoli"ning sobiq hujumchisi.