Myunxenning «Bavariya» klubi qanot himoyachisi Alfonso Devis klublar o'rtasidagi mavsum yakunida olgan sonning orqa mushagi jarohati sababli 2026 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichida Kanada terma jamoasiga yordam bera olmadi.

JARga qarshi bo'ladigan 1/16 final uchrashuvi oldidan Devisdan mundialdagi uchta o'yinni o'tkazib yuborishni qanday qabul qilgani haqida so'rashdi.

«Bu azobli bo'ldi. Sen istaydigan yagona narsa — futbol o'ynash, zero bu mening haqiqiy ishtiyoqimdir. Bunday xabarni eshitish... va o'sha uchta o'yinni chetdan tomosha qilish juda og'ir bo'ldi», — deya himoyachining so'zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.

"B" guruhidagi uchta tur yakunlariga ko'ra, Kanada jamoasi Shveytsariyani oldinga o'tkazib, ikkinchi o'rinni egalladi.

Manba: Stadion.uz