Devis «Bavariya»dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

«Bavariya»ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devisning rejalari ma'lum bo'ldi.
Myunxen grandi xuddi shu pozitsiyada to'p suruvchi Nataniel Braun bilan shartnoma imzolash borasida kelishib oldi. Bayern & Germany nashrining Transfermarktga tayanib xabar berishicha, kanadalik futbolchi tarkibga yangi raqobatchi kelganidan so'ng asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotish xavfi tug'ilganiga qaramay, jamoadan ketmoqchi emas. 25 yoshli futbolchi Vensan Kompaniga hali ham asosiy tarkibda muntazam maydonga tushishga loyiq ekanligini isbotlashga qat'iy bel bog'lagan.
Avvalroq, agar manfaatli taklif tushsa, «Bavariya» shu yozda Devisni sotib yuborishga tayyor ekanligi haqida mish-mishlar paydo bo'lgan edi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar