Devid ketma-ket 2-marta Kanadaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Kanada futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi futbolchisini e'lon qildi.
Mukofot ketma-ket ikkinchi marta hujumchi Jonatan Devidga nasib etdi, u 2025 yilda "Lill" va "Yuventus"da o'ynagan.
Forvard faoliyatida uchinchi marta sovrinni qo'lga kiritdi va bu ko'rsatkich bo'yicha atiba Xatchinson (6), Dueyn de Rosario (4) va Alfonso Devisdan (4) ortda qolmoqda.
Kommentariyalar