Devid Kanadaning JChdagi tarixiy g'alabasiga izoh berdi

Turinning «Yuventus» klubi va Kanada terma jamoasi hujumchisi Jonatan Devid 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Qatar ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
Uchrashuv kanadliklarning 6:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi va bu ular uchun jahon chempionatlari tarixidagi ilk g'alaba bo'ldi. Devid mazkur bahsda raqib darvozasiga uchta gol urib, xet-trik qayd etdi.
«Bu tarixiy g'alaba, Jahon chempionatidagi birinchi muvaffaqiyatimiz. Bunday ishonchli hisobda g'alaba qozonganimiz juda yoqimli», — deya futbolchining so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.
Shuningdek, u ikki joyidan sinish jarohatini olgan jamoadoshi Ismael Kone haqida ham to'xtalib o'tdi. Devidning so'zlariga ko'ra, terma jamoa futbolchilari bu vaziyatni juda og'ir qabul qilishmoqda.
Manba: Stadion.uz