Deshamning onasi vafot etdi. Frantsiya murabbiyi JChdagi Norvegiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham onasining vafoti munosabati bilan JCh-2026 dagi jamoa qarorgohini tark etdi.
Frantsiya futbol federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Desham onasining dafn marosimida qatnashish uchun Frantsiyaga qaytadi. Guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan va 26 iyun kuni bo'lib o'tadigan Norvegiyaga qarshi o'yinda bosh murabbiy vazifasini Gi Stefan bajaradi.
«Ushbu nihoyatda og'riqli damda murabbiy va uning oilasiga ulkan sabr-toqat tilaymiz hamda federatsiyaning barcha a'zolari nomidan ularni qo'llab-quvvatlashimizni bildiramiz», — deyiladi FFF bayonotida.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar