Desham Vilyam Salibaning sog'lig'i borasida izoh berdi

Frantsiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham markaziy himoyachi Vilyam Salibaning salomatligi holati haqida fikr bildirdi.
«Saliba ayni paytda terma jamoa ixtiyorida. Uning ahvoli joyida», — deya mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltiradi Metro.
Avvalroq matbuotda futbolchining belida muammolar yuzaga kelgani va shu sababli u bo'lajak 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mundial 11 iyundan 19 iyulga qadar Shimoliy Amerikaning uch davlati: AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Ushbu nufuzli turnirning guruh bosqichida Frantsiya terma jamoasi Senegal, Norvegiya va Iroq terma jamoalari bilan kuch sinashadi.