Desham: «Siz Mbappedan diktator yasab oldingiz»

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham OAV vakillarini Kilian Mbappe atrofida salbiy ommaviy obraz yaratganlikda ayblab, keskin tanqid qildi.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik hujumchi Madridning «Real» klubida Vinisius Junior bilan yuzaga kelgan mojaro sababli madridlik muxlislarning nafratiga (xeytiga) duch kelgan edi. Ishqibozlar braziliyalik futbolchining tomonini olib, Mbappedan jamoani tark etishni talab qilishmoqda.
«Siz Kilian Mbappeni xuddi bir diktatordek ko'rsatyapsiz... Vaholanki, aslida hammasi buning aksidir. Uning omma ko'zidagi obrazi haqiqatga mutlaqo to'g'ri kelmaydi. Kilian doimo fikrlashi teran, ulg'aygan inson bo'lgan va butun jamoa uning ortidan ergashadi», — deya mutaxassisning so'zlarini mashhur insayder Fabritsio Romano keltirmoqda.
Ma'lumot uchun, Mbappe kechagina JCh–2026 musobaqasidagi o'zining ettinchi golini urdi. Uning penaltidan kiritgan to'pi frantsuzlarga Paragvayni mag'lub etishga (1:0) va chorak finalga yo'l olishga yordam berdi. Ushbu bosqichda Desham shogirdlariga Marokash terma jamoasi raqiblik qiladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar