Desham Shvetsiyaga qarshi o'yin oldidan Mbappening sport formasiga baho berdi

Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasida juda muhim rolni o'ynamoqda, chunki u, jumladan, jamoaning himoyalanish harakatlarida ham faol ishtirok etmoqda. Bu haqda frantsuzlar bosh murabbiyi Dide Desham gapirib o'tdi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, hujumchi ayni paytda ajoyib sport formasida va jamoa sardori sifatida qolganlarga o'rnak bo'lmoqda.
«Kilian himoyada ham borini berib ishlayapti. Men buni sizlarga ancha oldin aytgan edim: Kilian o'z mahorati va gol urish qobiliyatidan tashqari, sardorlik mas'uliyatini ham to'liq o'z zimmasiga oldi», — deya Deshamning so'zlarini keltiradi RMC Sport nashri.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionatida Mbappe allaqachon 4 ta gol urishga ulgurdi. Frantsiya va Shvetsiya o'rtasidagi bahs 1 iyulga o'tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar