Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham yaqinda bo'lgan Adrien Rabo bilan bog'liq voqea haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, "Marsel" yarim himoyachisi "Renn"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng kiyinish xonasida mushtlashuvga aralashgan.

"Men u bilan gaplashdim. Adriendan xavotirdaman. U xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa ham, unda hamma narsani qayta ko'rib chiqish va oldingi formasiga qaytish imkoniyati bor.

Men hech qachon uni tanqid qilmayman. Bu muammoni hal qilish uchun hamma narsaga tayyorman", - deydi Frantsiya terma jamoasi ustozi.