Desham Raboning "Milan"ga o'tish qarorini olqishladi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham 30 yoshli yarim himoyachi Adrien Raboning "Marsel"dan "Milan"ga o'tishini olqishladi.
"Psixologik va sport nuqtai nazaridan Adrien hozir eng yaxshi holatda, chunki u o'z klubi uchun bir qator o'yinlarda maydonga tushdi va ularni haqiqatan ham juda yaxshi o'tkazdi. Hozir u "Milan"da biroz boshqacha sxemada o'ynamoqda, lekin undan nima kutayotganimni biladi. Sentyabrdagi yig'inga kelganida ikki hafta o'ynamadi. Hozir u uchun ham, biz uchun ham vaziyat yaxshilandi," - deya Deshamning so'zlarini keltiradi Football Italia.
15 avgust kuni "Marsel"ning "Renn"ga qarshi o'yinidan so'ng jamoa kiyinish xonasida Adrien Rabo va Jonatan Rou o'rtasida janjal kelib chiqdi. Klub har ikki futbolchini transferga qo'ydi - ingliz "Bolonya"ga yo'l oldi, frantsuz esa faoliyatini "Milan"da davom ettiradigan bo'ldi.