Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham murabbiylik faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayotganini aytdi.

Desham Frantsiya 4-o'rinni egallagan Jahon chempionati yakunlanganidan keyin milliy jamoadagi postini tark etadi.

«Meni oldinda nima kutayotganini bilmayman, lekin bu boshqacha narsa bo'ladi. Va bu ham yaxshi bir bosqich bo'ladi. Men yangi ishga xuddi shunday yurak va o'shanday ishtiyoq bilan kirishaman.

Men to'satdan qandolatchi, siyosatchi yoki boshqa biror kimsaga aylanib qolmoqchi emasman. Futbolda qolaman — buning uchun imkoniyatlar etarli», – dedi Desham.

Manba: Stadion.uz