Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham "PSJ"ning noroziligiga munosabat bildirdi. Avvalroq, parijliklar bayonot berib, terma jamoada Usmon Dembele va Dezire Duening sog'lig'i bo'yicha tavsiyalarni e'tiborsiz qoldirganidan afsusda ekanliklarini bildirishgan edi. Futbolchilar Ukrainaga qarshi o'ynadi va jarohat oldi.

"Tibbiy xulosalarni olganimizda futbolchilarning ahvolidan xabardormiz. "PSJ" reaktsiyasini tushunaman. Ammo futbolchilar maydonda ekan, xavf nolga teng bo'lishi mumkin emas. O'yingacha bo'lgan bir hafta davomida bunga jiddiy yondashdik. Har bir mashg'ulot oldidan futbolchi o'zini qanday his qilayotganini so'radik", - deya Deshamning so'zlarini keltiradi L'Equipe.

9 sentyabr, seshanba kuni Frantsiya terma jamoasi Islandiyaga qarshi bahs olib boradi.