Yarim himoyachi Maykl Olise faoliyatini «Bavariya» yoki «Real»da davom ettirishni o'zi hal qilishi kerak. Bu haqda Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham ma'lum qildi.

Mutaxassisning fikriga ko'ra, futbolchi istalgan jamoada yorqin futbol namoyish etishga qodir. Desham Myunxen yoki Madrid klubi rahbari o'rnida bo'lganida, bunday o'yinchini o'z jamoasiga qo'shib olishni orzu qilgan bo'lishini ta'kidladi, deya xabar bermoqda Marca.

2025/2026 yilgi mavsumda Olise 52 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 24 yoshli frantsiyalik futbolchining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Uning bozor qiymati 150 million evroni tashkil etadi.