Desham: "O'zini zo'r deb o'ylaydigan, aslida esa unday bo'lmagan futbolchilarni boshqarish qiyin"

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham yulduz futbolchilar bilan ishlash haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Menga tez-tez: "Oo, Mbappe, Olise, Dembeleni boshqarish oson bo'lmasa kerak-a...?" deb savol berishadi. Lekin menimcha, Liga 1 va Liga 2dagi yosh futbolchilarni boshqarish ancha qiyinroq, chunki u erda muammolar tamoman boshqacha.
Mening ustunligim shundaki — mening futbolchilarim chindan ham mahoratli. Asosiy muammo esa o'zlarini zo'r deb hisoblaydigan, ammo aslida unday bo'lmagan futbolchilarni boshqarishdadir", — dedi Desham matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Dide Desham boshchiligidagi Frantsiya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatida g'olib chiqqan. Oxirgi mundialda esa frantsuzlar finalda Argentinaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berishgan edi.
Kommentariyalar