Dide Desham murabbiy sifatida Jahon chempionatlarida 20-g'alabasiga erishdi.

57 yoshli mutaxassis qo'l ostidagi Frantsiya terma jamoasi JCh-2026 chorak finalida Marokash ustidan g'alaba qozonib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Desham Jahon chempionatlarida qo'lga kiritilgan g'alabalar soni bo'yicha murabbiylar o'rtasida birinchi o'rinda bormoqda. Bu borada ikkinchi o'rinda GFR terma jamoasini boshqargan Xelmut Shen qayd etilgan – uning hisobida 16 ta g'alaba bor.

Manba: Stadion.uz