Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham hujumchi Kilian Mbappening jamoadagi o'rni haqida fikr bildirdi.

"Mbappe - markaziy hujumchi. Uning funktsiyalari tanlangan sxemaga bog'liq. Bizda u erkin harakat qiladi. Hujum markazida cheklovlar kamroq, ayniqsa mudofaa nuqtai nazaridan. Mbappening oyoqlari juda tez, u o'ziga ishonadi. U quvvat va tezlikni o'rganmoqda. U terma jamoaga to'liq sodiq, sardorlik va mas'uliyatni his qiladi. U erkinlikni sevuvchi markaziy hujumchi," - dedi Desham jurnalistlarga.

Oktyabr oyida Frantsiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralashida Ozarbayjon va Islandiyaga qarshi o'ynaydi.