Kilian Mbappe Frantsiya milliy terma jamoasi safida ketma-ket uchinchi o'yinda maydonni golsiz tark etdi. Shimoliy Irlandiyaga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvi «uchranglilar»ning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi va bu bahsda Maykl Olise xet-trik qayd etdi.

Jamoa bosh murabbiyi Dide Desham o'z etakchisining sport formasi haqidagi savollarga xotirjam javob berdi va xavotirga hech qanday sabab yo'qligini ta'kidladi.

«Men xavotir olmoqchi emasman. To'g'ri, unda bir nechta vaziyatlar bo'ldi, biroq ularga aniqlik etishmadi. Kilianning o'zi menga gollarini AQShdagi turnir (Jahon chempionati) uchun asrab qo'yayotganini aytdi, shunday ekan, bu meni to'liq qoniqtiradi», — deya Deshamning so'zlarini keltirmoqda TF1 telekanali.

Mbappe Frantsiya terma jamoasi safida o'tkazgan 98 ta uchrashuvida 56 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Bo'lajak mundialda uning jamoasi Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.