Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jarohat olgan vinger Usmon Dembelening holati haqida gapirdi.

"Uch ranglilar" bosh murabbiyi 28 yoshli yulduzni Ukrainaga qarshi o'yin tanaffusida (2:0) maydonga tushirdi va bahs oxirida almashtirishga majbur bo'ldi.

"Usmonning tayyorgarligi shubha tug'dirsa, uni maydonga tushirmagan bo'lardim. Qolaversa, bu safar boshqa sonini jarohatlab olgan. Hech qanday bahona yo'q edi, u o'zini yaxshi his qilar va o'ynashni xohlardi. Afsuski, shunday bo'ldi, ammo boshqa har qanday futbolchi bilan ham shunday bo'lishi mumkin edi," - deya Deshamning so'zlarini keltiradi jurnalist Loik Tanzi.