Desham: «Mbappeni sardor qilib tanlaganimdan afsusda emasman»

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketgan Dide Desham JCh-2026 turniridagi uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Angliyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng hujumchi Kilian Mbappeni maqtadi.
«Kilian — ajoyib futbolchi, uning jamoatchilikdagi qiyofasi hayotdagi insoniylik sifatlaridan farq qiladi. U ajoyib sardor bo'ldi. Finalga chiqa olmaganimizdan bo'lgan umidsizlikka qaramay, uning maydonda va maydon tashqarisida qilayotgan ishlarini ko'rib, uni sardor qilib tanlaganimdan afsusda emasman. U butun jahon chempionati davomida namunali o'yinchi bo'ldi», — deya Deshamning so'zlarini keltiradi tuttomercatoweb.com.
Eslatib o'tamiz, Mbappe JCh-2026 da 10 ta gol urdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar