Desham Mbappega Frantsiya terma jamoasidagi 100-o'yini munosabati bilan esdalik libosini topshirdi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham hujumchi va jamoa sardori Kilian Mbappega milliy jamoa safida o'tkazgan 100 ta o'yini munosabati bilan maxsus esdalik futbolkasini taqdim etdi. Ayni paytda 27 yoshli futbolchi Frantsiya terma jamoasi safida 102 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Mbappe Frantsiya terma jamoasidagi ilk uchrashuvini 2017 yilda aynan Dide Desham boshchiligida o'tkazgan. Shu vaqtgacha u «uch ranglilar» safida 102 ta o'yinda ishtirok etib, 62 ta gol urdi va 42 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2018 yilda Mbappe Frantsiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo'lgan. 2022 yilgi jahon chempionatida esa frantsuzlar finalgacha etib borgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar