Desham Marokash bilan o'yinda argentinalik hakamlar tayinlanganiga munosabat bildirdi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCh-2026 chorak finali uchun argentinalik hakamlar brigadasi tayinlangani yuzasidan izoh berdi. Frantsuzlar ushbu bosqichda Marokash bilan to'qnash kelishadi.
O'yinni argentinalik hakam Fakundo Telo boshqarib boradi, uning yordamchilari ham Argentina vakillari bo'ladi. Frantsiya finalda argentinaliklar bilan o'ynashi mumkinligi sababli, bu tayinlov muhokamalarga sabab bo'ldi.
«Biz buni borligicha qabul qilishimiz kerak. Men hakamlarga ishonaman. Bizning raqibimiz hakam emas, balki Marokash», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi The Guardian.
Frantsiyalik murabbiy, shuningdek, Argentina va Misr o'rtasidagi 1/8 final bahsida frantsiyalik hakam Fransua Leteksening ishidan norozi bo'lgan tanqidchilarga ham javob qaytardi.
«Umid qilamizki, [bizning o'yinimizdagi] hakamlar ham janob Letekse qanchalik yaxshi bo'lsa, shunchalik yaxshi bo'lib chiqishadi».
Frantsiya va Marokash o'rtasidagi o'yin 9 iyul kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar