Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Frantsiya futbolida xorijlik mutaxassislar borligidan xavotir bildirdi.

"Liga 1 va Liga 2ga qaraydigan bo'lsak, xorijlik murabbiylarga hech qanday qarshiligim yo'q, lekin ular ko'plab pozitsiyalarni egallab turishibdi. Bundan afsuslanmayman, lekin hafsalam pir bo'ladi.

Chunki, menimcha, qobiliyati bor, lekin talabgir bo'lmagan yoki egallashi mumkin bo'lgan o'rinlarni egallamaydigan ko'plab frantsuz murabbiylari bor. Ular orasida mening hamkasblarim ham bor", - dedi Dide Desham.