Desham Konening Frantsiya terma jamoasidagi o'yinini baholadi

Frantsiya terma jamoasining bosh murabbiyi Dide Desham "Roma" yarim himoyachisi Manu Konening milliy jamoada ko'rsatayotgan o'yini haqida fikr bildirdi.
"U "Roma"da juda yaxshi mavsumni o'tkazmoqda va har bir mashg'ulotdan so'ng biz uchun yanada muhimroq bo'lib bormoqda. U to'pni olib qo'yishda juda samarali", - dedi mutaxassis matbuot anjumanida.
O'tgan mavsumda Kone Rim klubi safida 45 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.
Sentyabr oyidagi xalqaro tanaffusda frantsuzlar jahon chempionati saralash bosqichida ikkita o'yin o'tkazdi. Desham jamoasi Ukraina (2:0) va Islandiya (2:1) terma jamoalarini mag'lub etishga erishdi.