Frantsiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham «uch ranglilar»ning bo'lajak JCh-2026 uchun oldiga qo'ygan maqsadi haqida gapirib berdi.

«Men hozir o'z kelajagim haqida o'ylayotganim yo'q. Mundialdagi maqsadimiz — imkon qadar uzoqroqqa borish. Jamoa ushbu turnirga o'zining eng yaxshi formasida etib kelishi juda muhim», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi RMC Sport.

Avvalroq, ushbu turnir Desham uchun Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi oxirgisi bo'lishi haqida xabar berilgan edi. Uning o'rnini afsonaviy Zinedin Zidan egallashi kutilmoqda.

Frantsiya terma jamoasi «I» guruhidan joy oldi va u erda Senegal hamda Norvegiyaga qarshi bahs olib boradi. Guruhdagi yana bir jamoa nomi o'tish o'yinlaridan so'ng ma'lum bo'ladi.