Desham Kamavinga haqida gapirdi

"Real" futbolchisi jarohat olgan. Xabarlarga ko'ra, yarim himoyachi Eduardo Kamavinga hali ham jarohati bilan kurashmoqda va Ukrainaga qarshi Fransiya o'yinini o'tkazib yuboradi. Uning ahvoli haqida Dide Desham shunday fikr bildirdi:
"Kamavinganing jarohati uning barqarorligiga salbiy ta'sir o'tkazmoqda. U o'sish uchun ko'proq maydonga tushishni istamoqda. Agarda jarohati bo'lmaganida futbolchiga "Real"da imkon beriladi. Biz ham uni asosiyda maydonga tashlashga tayyor edik".
Manba: newsnow.co.uk