Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham matbuot anjumanida jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Mutaxassis Ispaniya terma jamoasi haqida fikr bildirdi.

"Ispaniyaga ofarin, garchi ular Millatlar Ligasida g'alaba qozonmagan bo'lsa ham. Ha, ular eng yaxshi terma jamoalar qatoriga kiradi, ammo hozircha saralash turniridagi raqiblarimizga e'tibor qaratyapmiz. Katta musobaqalarga yo'l olishi shart bo'lgan boshqa kuchli terma jamoalarni kuzatib boraman", - dedi Desham.

Iyun oyi boshida Millatlar Ligasi yarim finalida Ispaniya va Frantsiya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelgandi.