Desham: «Ikkinchi bo'limda Frantsiya vaziyatni to'liq nazorat qildi, vaholanki bu oson bo'lmadi»

Frantsiya terma jamoasi murabbiyi Dide Desham JCh-2026 2-turida Iroqning tor-mor etilishini (3:0) va pley-offga chiqishni baholadi.
«Ikkinchi bo'limda biz vaziyatni to'liq nazorat qildik, garchi yuz bergan voqealarni hisobga olsak (momaqaldiroq tufayli 2-bo'limning boshlanishi ikki soatga kechiktirildi), bu oson bo'lmadi. Lekin yakuniy natijaga hech kim shubha qilmagandi va bu juda ajoyib.
Bugun biz pley-offga chiqdik, ammo ishonchim komilki, uchinchi o'yin guruhdagi yakuniy o'rnimiz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi», – dedi Desham.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar