Desham Frantsiyaning Ispaniyadan mag'lub bo'lish sababini aytdi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida Ispaniyaga 0:2 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng o'yin haqida fikr bildirdi.
«Asosiy sabab shuki, biz imkoniyatlarimizdan biroz pastroq darajada o'ynadik va hujumda kutilganidek xavfli bo'la olmadik. Texnik xatolar va yaxshi vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan uzatmalar noaniq bo'ldi.
Bu og'riqli bo'lsa-da, qabul qilishimiz kerak. Bu juda yuqori saviyadagi futbol. Bu finalga chiqish yo'lidagi so'nggi qadam edi. Endi esa uchinchi o'rin uchun o'ynaymiz. Biz bu bahsga ham tayyorlanamiz. Bu mag'lubiyat jamoamiz shu paytgacha qilgan ishlarini kamsitmaydi. Ammo bugungi o'yinda Ispaniya bizdan ustunroq bo'ldi», — dedi Desham.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya finalda Angliya — Argentina juftligi g'olibi bilan kuch sinashadi. Frantsiya esa jahon chempionatining bronza medallari uchun bahsda ishtirok etadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar