Desham Frantsiya terma jamoasi ixtiyoriga qaytdi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham milliy jamoa lageriga qaytib keldi.
Avvalroq u onasining dafn marosimi sababli jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan Norvegiyaga qarshi uchrashuvni (4:1) o'tkazib yuborgan edi.
Frantsiya terma jamoasi 1/16 finalda Shvetsiya bilan to'qnash keladi. Ushbu o'yin 30 iyundan 1 iyulga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar