Desham Frantsiya terma jamoasi hujum chizig'ida bitta o'zgarish rejalashtirdi

Frantsiya terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida Iroqqa qarshi maydonga tushadi. Mundialdagi ilk o'yinda frantsuzlar Senegal ustidan g'alaba qozonishdi (3:1). O'shanda «uchranglilar»ning hujumkor to'rtligidan Dezire Due, Usman Dembele, Maykl Olise va Kilian Mbappe joy olgan edi.
Jurnalist Loik Tanzining ma'lumotlariga ko'ra, bosh murabbiy Dide Desham navbatdagi uchrashuv oldidan hujum chizig'ida bitta o'zgarishni rejalashtirgan: chap qanotda Duening o'rnini «PSJ»dagi jamoadoshi Bredli Barkola egallaydi.
Startdagi turda Barkola faqatgina 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan bo'lsa-da, gol urishga ulgurgan edi.
Frantsiya va Iroq terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 23 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar