Desham FIFAning Olisega berilgan kartochka bo'yicha qarorini ma'lum qildi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham apellyatsiya natijalari haqida gapirib o'tdi. "Uch ranglilar" vinger Maykl Olisega berilgan sariq kartochkani bekor qilishga urinishgan edi, biroq frantsuzlarga ijobiy natijaga erishish nasib etmadi.
"Biz FIFAdan javob oldik: Maykl Olisening sariq kartochkasi o'z kuchida qoladi. Apellyatsiyamiz qabul qilinmadi", — dedi Desham jurnalistlarga.
Frantsiya terma jamoasi Jahon chempionatining 1/4 finalida Marokashga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda. Agar Maykl Olise yana bir bor sariq kartochka olsa, u yarim final uchrashuvini o'tkazib yuboradi (albatta, agar Frantsiya keyingi bosqichga chiqsa, ular Ispaniya – Belgiya juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi).
Frantsiya – Marokash uchrashuvi 9 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar