Dide Desham Usmon Dembeleni "Oltin to'p" sovrini bilan tabrikladi.

Kecha Parijda "PSJ" va Frantsiya terma jamoasining 28 yoshli vingeriga jahonning eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirildi.

"Usmon bilan ba'zi shaxsiy mulohazalarimni o'rtoqlashdim. Men uni tabrikladim - bu uning uchun ajoyib oqshom. U bunga loyiq.

Bu frantsuz futboli uchun juda yaxshi - u Frantsiya terma jamoasi futbolchisi. Uning muvaffaqiyati Usmon o'z faoliyatida va xususan "PSJ" bilan erishgan yutuqlari tufayli Frantsiyaning ham muvaffaqiyatidir.

U nihoyatda kuchli xarakterga ega inson," - dedi Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Desham.