Desham: «Dembele darvozada o'ynaydi»

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele haqidagi savolga javob berdi. «Uchranglilar» ustozi amaldagi «Oltin to'p» sohibini bo'lajak mundial oldidan jamoaning asosiy futbolchilaridan biri deb hisoblashini tan oldi.
«Dembelening roli? U darvozada o'ynaydi. Biz unga asosiy tarkibda muhim rol ajratganmiz. U maydonda erkin harakat qiladi — boshqa hujumchilar kabi bu unga juda zarur. Usmon — bizning eng muhim futbolchilarimizdan biri», dedi Desham.
Eslatib o'tamiz, guruh bosqichida frantsuzlarga Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalari raqiblik qiladi.