Frantsiya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Kot-d'Ivuar milliy terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Unda «uchranglilar» kutilmaganda 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. Ushbu natija haqida bosh jamoa bosh murabbiyi Dide Desham o'z fikrlarini bildirdi.

«Bunday muvaffaqiyatsizlikdan keyin ijobiy hissiyotlar kam, albatta. Vaholanki, birinchi bo'limda bizda yaxshi o'yin namoyish etilgan vaziyatlar bo'lgandi. Tanaffusdan keyin esa ishimiz qiyinlashdi, amalga oshirilgan almashtirishlar ham yordam bermadi. Buning uchun hech qanday bahona bo'lishi mumkin emas. Afrika jamoalari bizga qarshi o'yinlarda hamisha yuqori motivatsiyaga ega bo'lishadi. Biz jiddiy ogohlantirish oldik, biroq bundan tushkunlikka tushib qolmaymiz», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi L'Équipe nashri.

Eslatib o'tamiz, JCh-2026 guruh bosqichida Frantsiya terma jamoasi Iroq, Norvegiya va Senegal vakillari bilan bir guruhdan joy olgan.