Desham: «Biz xavotirlandik va hayajonlandik»

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCh-2026 doirasida uning jamoasi Senegal ustidan g'alaba qozongan (3:1) o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
«Bu engillik bo'ldi. Biz biroz xavotirlandik va hayajonlandik. Senegal yaxshi o'yin ko'rsatdi. Usmon Dembele va Maykl Olisening pozitsiyalarini o'zgartirib, erkinroq va bemalolroq o'ynashni boshlaganimizdan so'ng, Bredli Barkola jiddiy xavfga aylandi. To'rtta jamoadan iborat guruhda birinchi o'yindagi g'alaba hali hech narsani hal qilmaydi.
Frantsiyalik muxlislar juda uzoqdan kelishmoqda, bu qimmatga tushadi. G'alaba qozonib, bu hissiyotlarni baham ko'ra olsang, futbol juda go'zal tus oladi.
Barkola? Boshlang'ich tarkibdan joy olishga da'vogarlik qila oladigan futbolchilar juda ko'p. Rayan Sherki ham shular jumlasidan. Bizga hammaning yordami kerak bo'ladi», — deya Deshamning so'zlarini keltiradi RMC Sport.
«I» guruhiining 2-turida Frantsiya milliy terma jamoasi Iroq bilan (23 iyun), 3-turda esa Norvegiya bilan (26 iyun) to'qnash keladi.