Desham: «Ahmoq bo'lsam kerak»

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Kilian Mbappe uchun eng maqbul pozitsiya haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Keng tarqalgan fikrlarga ko'ra, «Real»ning yulduz hujumchisi hujum markazida o'ynaganda o'z imkoniyatlarini to'liq namoyish eta olmaydi. «Uchranglilar» ustozi bu mavzuga piching bilan yondashdi.
«Ahmoq bo'lsam kerak. Qolaversa, so'nggi uch yil ichida uni klub darajasida markaziy hujumchi pozitsiyasida o'ynatgan murabbiylar ham ahmoq bo'lishsa kerak. U «PSJ»dagi so'nggi yilida ham, «Real»dagi ikkala mavsumida ham aynan o'sha erda to'p tepdi», — deya Deshamning so'zlarini keltirmoqda Madrid Zone nashri.
Eslatib o'tamiz, 16 iyun kuni frantsuzlar Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turi doirasida Senegal terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.