Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Ispaniya terma jamoasini JCh-2026ning bosh favoriti deb hisoblashini ma'lum qildi.

– Jahon chempionati favoriti sifatida bosimga qanday bardosh beryapsiz?

– Agar ispanlar bizni jahon chempionati favoriti deb hisoblashayotgan bo'lsa... Agar bu erda favorit mavjud bo'lsa, bu — Ispaniya. Umid qilamanki, sizning frantsiyalik hamkasblaringiz bu haqda ispaniyalik hamkasbimdan ham so'rashadi.

Frantsiya yuqori salohiyatga ega, ammo oldinda uzoq yo'l turibdi. Tarkib yangilanmoqda, yuqori darajadagi futbolchilar paydo bo'lyapti, lekin ba'zi o'yinchilar uchun bu faoliyatidagi ilk jahon chempionati bo'ladi. Jamoamizni boshqalardan kuchliroq deb hisoblamoqchi emasman, ammo yaqqol favorit — Ispaniya. Bunga shubham yo'q, — dedi Dide Desham Senegalga qarshi 1-tur o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.