Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Ispaniyaga 2:0 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng Salvadorlik Ivan Bartonning hakamlik qilishiga munosabat bildirdi.

"Hakamlikmi? Agar biror narsa desam, yig'layotgan bolaga o'xshab qolaman, chunki biz yutqazdik. Lekin sizlardan [jurnalistlardan] so'rayman, hakam yarim finalni to'g'ri boshqardimi? Penalti bor edi, lekin bu hammasi emas; bu hamma narsadan ustun edi.

Bugun hakamga qarshi hech qanday e'tirozim yo'q, lekin o'zingizga bu savolni bering", dedi Desham BeIN Sports telekanalida.

Manba: Stadion.uz