Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarda o'tkazilgan 10 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

- Mening nazarimda, "Real" Vinisiusdan voz kechgani maqul edi. Ular boshqa futbolchilarni izlashlari kerak. Biz yana Kilian Mbappe va Vinisius tandemi masalasiga qaytmoqdamiz. Bu juftlik kutilgan natijani bermadi.

Shu sababli, tahlilchi sifatidagi shaxsiy fikrimni bildiradigan bo'lsam: Vinisius uchun jamoani tark etish yaxshiroq bo'lardi.

Ko'raylik-chi, u o'zining shaniga aytilayotgan barcha salbiy fikrlar va tanqidiy baholardan xalos bo'la olarmikan, - dedi Marsel Desayi beIN Sports nashriga bergan intervyusida.