Desayi Bastonining «Barselona»ga o'tishi haqida gapirdi

«Milan» klubi sobiq futbolchisi Marsel Desayi «Inter» himoyachisi Alessandro Bastonining «Barselona»ga ehtimoliy transferi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bastoni «Barselona»ning darajasini oshirishi mumkin, chunki jamoaga mudofaada kuch va barqarorlik kerak. U ko'p yillar davomida «Inter»da murabbiy kim bo'lishidan qat'i nazar, juda barqaror va yaxshi darajadagi o'yin ko'rsatib kelmoqda. Biroq, men unda jahon darajasidagi etakchini ko'rmayapman. Uning hozirgi darajasi — bu uning eng yuqori imkoniyati», — deya Desayining so'zlarini keltirmoqda Barça Universal.
Joriy mavsumda 27 yoshli Bastoni barcha musobaqalarda 37 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.