Niderlandiyalik hujumchi Memfis Depay anchadan beri Braziliyada to'p surmoqda, u erda «Korintians» sharafini himoya qiladi.

Shunga qaramay, bu holat unga bo'lajak jahon chempionati uchun Niderlandiya terma jamoasidan taklif olishga xalaqit bermadi.

Shu tariqa, Depay rekord o'rnatdi — u Braziliya chempionatida o'ynab turib, jahon chempionatiga chaqirilgan birinchi evropalik futbolchiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Depay Braziliya chempionatiga 2024 yilda ko'chib o'tgan edi. Ungacha u «Barselona» va «Manchester Yunayted» kabi klublar safida to'p surgan.